Assalomu alaykum!
Yangi, ochiq va foydali platforma — Artikl.uz ishga tushdi! Ushbu loyiha O‘zbek tilida bilim ulashish, maqola yozish va o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yaratilgan.
Nima uchun Artikl.uz?
Bugungi kunda ko‘plab foydali bilimlar, tajribalar va maslahatlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. Ammo ular vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi, izlab topish qiyinlashadi. Artikl.uz — bu bunday foydali kontentni bir joyda saqlash, qidirish, o‘qish va baham ko‘rish uchun yaratilgan platforma.
Maqsadlarimiz:
O‘zbek tilida indekslanadigan, SEOga mos maqolalarni ko‘paytirish;
Bilim va tajriba almashish uchun tartibli va qulay muhit yaratish;
Yozuvchilarga o‘z auditoriyasini shakllantirish va kuzatuvchilar orttirish imkonini berish.
Hozirda biz test bosqichidamiz
Platformaning dastlabki versiyasi hozircha sinov holatida ishlamoqda. Shuning uchun, siz — foydalanuvchilarimizdan iltimosimiz:
Platformani sinab ko‘ring;
Qanday ishlayotgani haqida fikr-mulohaza bildiring;
Muammolar, takliflar yoki g‘oyalar bo‘lsa, biz bilan bo‘lishing.
Maqola yozishni xohlaysizmi?
Agar siz ham bilimlaringizni bo‘lishmoqchi bo‘lsangiz, artikl.uz saytida ro‘yxatdan o‘ting va maqola yozishni sinab ko`ring.
Top kommentlar (2)
Birinchi komment!
Men maqola yozmoqchiman